Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekspertlar: Samolyotda umuman suv ichmaslik kerak!
08:06 / 2020-06-30

Yaqinda bir tibbiyot-axborot muassasasi oʻtkazgan tadqiqot natijalari samolyotlardagi oqava suv toza emasligini aniqlashdi.

Havo kemalarida xizmat qiluvchi bort xodimlari samolyotda qaysi ichimliklarni ichish salomatlik uchun zararli ekanligini maʼlum qilishdi.

Yaqinda bir tibbiyot-axborot muassasasi oʻtkazgan tadqiqot natijalari samolyotlardagi oqava suv toza emasligini aniqlashdi.

Samolyot sahnidagi suvning sifati havo kemasi qaysi aviakompaniyaga tegishli ekaniga bogʻliq ekan. Shuning bilan birga ekspertlar bunday suv tarkibida zararli mitti tanachalar mavjudligini ham aniqlashdi. Tadqiq etilgan suyuqlikda koʻp hollarda bakteriyalar, bundan tashqari kasallik tashuvchi patogenlar uchragan.

Styuardessa Derri Lin yoʻlovchilarga havo kemasi sahnidagi oqava suvni ichish mumkin emasligini taʼkidlaydi. Uning aytishicha, bort xizmatchilarining oʻzlari bunday suvni umuman isteʼmol qilishmaydi. “Samolyotdagi suv oʻta zararli, bu zahira, deyarli tozalanmaydi”, — deydi u.

Mutaxassislar, hattoki, yoʻlovchilarga samolyot hojatxonasidagi suvga qoʻl yuvishni ham tavsiya etishmagan. Buning oʻrniga dezinfeksiya vositasidan foydalangan maʼqul ekan.

Qolaversa, samolyotda iloji boricha choy va kofe ham ichmaslik kerak ekan.