Ekspertlar: Eronda rejim o‘zgarishi ehtimoli juda kam
Ko‘pchilik tahlilchilar Isroil va AQSH zarbalari Eronda rejim o‘zgarishiga olib kelmaydi, deb hisoblamoqda.
Taniqli diplomat, Yaqin Sharq instituti xodimi Alan Eyre bunday “ehtimol juda kam”ligini ta’kidladi.
– Zero, hozirgi rejimni boshqarayotgan institutlar qulasa, Eronda bunday tuzilmalar o‘rnini bosadigan zarur ko‘nikma, tajriba va bilimga ega boshqa institutlar yo‘q, – dedi ekspert. – Ayni dam Islom Respublikasi qulashi yoki hech bo‘lmaganda zaiflashishi mumkin bo‘lgan holatga duch kelyapmiz...
Binobarin, odamlar ko‘chaga chiqsa ham, bu qisqa va o‘rta muddatli istiqbolda yangi, samarali ishlaydigan hukumat yaratilishiga olib kelishi mumkinligini ko‘rmayapman.
S.Rahimov, O‘zA