Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekspertlar bilan yaylovlar holatini yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi
13:55 / 2024-05-31

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida "Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish" uyushmasi raisi E.Hayitov hamda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilishi rejalashtiriladigan iqlimga chidamli chorvachilikni rivojlantirish loyihasi ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, mazkur loyiha O‘zbekiston chorvachilik sohasida fermalarda produktivlikni oshirish va iqlimning ustuvorligini yuqori darajada ta’minlashga yo‘naltirilgan.  

Uchrashuvda ekspertlar bilan yerdan foydalanishni rejalashtirish va yaylovlarni boshqarish, yaylovlarni tiklash va tashkil etish, hayvonlar uchun ichimlik quduqlarini o‘rnatish bo‘yicha qilinishi ko‘zda tutilgan ishlar haqida suhbatlashildi.  

Yaylovlar holatini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy ko‘mak zarurligi, ba’zi hududlarda ozuqabop o‘simliklar hosildorligi kamayib ketgani, mayda shoxli mollar uchun ichimlik suvi muammosi mavjudligi ta’kidlandi. 

Ekspertlar guruhi respublika bo‘ylab o‘rganish ishlari olib borishi, barcha natijalar bo‘yicha yaqin fursatda yakuniy xulosa berishlari aytib o‘tildi.  

 

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA