Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekspert: “Tunis Prezidentining oʻlimi mamlakat hayotidagi oʻzgarishlarga sabab boʻlmaydi”
15:11 / 2019-07-26

Avval xabar qilinganidek, 25-iyul kuni Tunis Prezidenti Beji Kaid As-Sebsi 93 yoshida vafot etdi.


Avval xabar qilinganidek, 25-iyul kuni Tunis Prezidenti Beji Kaid As-Sebsi 93 yoshida vafot etdi.

“RIA Novosti” xabarida keltirilishicha, Beji Kaid As-Sebsining faoliyati Tunis siyosiy hayotini salmoqli darajada tartibga keltirgan.

Sharqshunos olim Yuriy Zinin fikriga koʻra, mamlakat siyosiy tizimi barqaror tartibga tushgan ayni vaqtda prezidentning vafotidan soʻng turli inqiloblar yuz berishiga xavotir yoʻq.

2014-yildan to joriy davrga qadar Tunis prezidenti lavozimini egallagan Sebsi mamlakat siyosiy boshqaruvida koʻppartiyaviylikka asos soldi.

– Zamondoshlari tomonidan “donishmand” deb eʼtirof etilgan Sebsi mamlakatni katta oʻzgarishlar jarayonida boshqarib, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni shakllantirishga erishdi. Uning boshqaruvi davrida mamlakatda u asos solgan “Murojaat” partiyasi mamlakat parlamenti hayotida muhim ahamiyatga ega boʻldi, – deydi Yuriy Zinin.

U oʻz faoliyati doirasida turli tajovuzkor siyosiy kuchlar bilan kelishish tajribasiga ega ekanligini koʻrsata oldi. Bu esa uning mamlakatda tinchlik muhitini shakllantirishiga qoʻshgan ulkan hissasi boʻldi.