Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
EKOVAS Nigerga qo‘shin kiritish shartini ma’lum qildi
13:08 / 2023-08-18

G‘arbiy Afrika iqtisodiy hamjamiyati (EKOVAS) mamlakatlari Nigerga vaziyatni hal qilishning diplomatik yo‘llari topilmagandan keyin qo‘shin kiritadi, deb xabar tarqatdi Reyter agentligi tashkilotning siyosiy ishlar, tinchlik va xavfsizlik bo‘yicha komissari Abdul-Fatau Musaxga tayanib.

“Vaziyat keskinlashadigan bo‘lsa konstitutsiyaviy tartibni tiklash uchun Nigerga o‘zimizning cheklangan qo‘shinlarimiz, texnikalarimiz va resurslarimiz bilan jo‘naymiz”, – degan Abdul-Fatau Musax.

Uning qo‘shimcha qilishicha, har qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham Nigerda konstitutsiyaviy tartib tiklanadi.

EKOVAS hali ham vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal qilsa bo‘ladi, deb hisoblamoqda. Musaxning ta’kidlashicha, isyonchilar o‘zlarini go‘yo muzokaralarga tayyordek ko‘rsatmoqda hamda o‘zlarining harakatlarini oqlash uchun bahona qidirmoqda.