Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekoturizm maskanlarida atrof-muhitni asrash muhim masala
16:12 / 2025-06-03

FOTOREPORTAJ

Andijon tumani Qoradaryo daryosi atrofidagi ekoturizm maskanlarida “Plogging Tour” ekoharakati hamda “Piknik madaniyati” aksiyalari o‘tkazildi.  

Tadbirda viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, vazirlik huzuridagi tizim tashkilotlar xodimlari hamda 100 nafarga yaqin ekovolontyor ishtirok etadi.

Bahor mavsumida hududlardagi ommabop ekoturizm maskanlariga aholi vakillarining tabiat qo‘ynida dam olish va piknik qilish maqsadida tashrif buyurishi, mazkur hududlarda chiqindilar tashlanishi, tartibsiz gulxan yoqilishi holatlari ko‘payib borishi oqibatida atrof-muhit ifloslanayotgani, o‘simlik va hayvonot olamiga zarar yetayotgani achinarli. Plogging va piknikdan ko‘zlangan maqsad yuqoridagi kabi holatlar atrof-muhit uchun nechog‘li zararli ekanligini dam oluvchilarga uqtirish, tabiatni toza saqlashga undash hamda kishilarda dam olish, ekologik madaniyatni shakllantirishdan iborat.

[gallery-23742]

Tadbir davomida ishtirokchilar belgilangan hududni chiqindilardan tozaladi. Yakunda atrof-muhitni tozalashda jonbozlik ko‘rsatganlar rag‘batlantirildi.  

Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA