Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekoshaharda yangi bino ochildi
09:59 / 2024-10-24

Farg‘ona shahrida bunyod etilgan “Yangi O‘zbekiston” massivi – Ekoshaharda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti Farg‘ona viloyati bo‘linmasining yangi zamonaviy binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov har bir soha singari qishloq xo‘jaligi sohasida ham islohotlar jadal olib borilayotganligini ta’kidlab, yer umummilliy boylik ekanligi, uni aniq hisob-kitobini yuritish, undan samarali foydalanishda ushbu muassasaning o‘rni katta ekanligini qayd etdi.  

Ushbu bo‘linmaning yangi ma’muriy binosi mamlakatimiz rivojiga, jumladan, yer tuzish sohasi istiqboliga xizmat qilishiga tilak bildirildi.  

10 milliard mablag‘ evaziga qurilgan binoda xodimlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan.  

[gallery-19958]

Ramziy lenta qirqilib, mehmonlar yangi zamonaviy binoda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.  

Mazkur bo‘linma viloyat bo‘yicha yer tuzish, yaylovlarda geobotanik tadqiqotlar o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer maydonlarini loyihalash va auksion savdolariga chiqarish, yer fondi toifalarini o‘zgartirish yuzasidan loyiha hujjatlarini tayyorlash, qishloq xo‘jaligi yerlarini soliqqa tortish uchun me’yoriy qiymatni hisoblash, uchuvchisiz qurilmalar orqali qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish hamda doktorantura yo‘nalishida o‘z faoliyatini olib boradi.  

M.Sulaymonov,  

M. Qodirov(surat),O‘zA