Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekoshahar hududida 30 qavatli bino quriladi
10:40 / 2023-12-21

Farg‘ona shahrida noyob loyiha asosida barpo etilayotgan 300 gektarli ekoshaharda qurilish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Bu yerda 65 mingdan ziyod aholiga mo‘ljallangan 298 ta ko‘p qavatli uy bunyod etiladi. Joriy yil “Yangi O‘zbekiston” massivida 73 ta uy qurildi.

Shuningdek, hududda maktablar, maktabgacha ta’lim va tibbiyot muassasalari, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, sport majmuasi bo‘ladi. 50 gektarda tashkil etiladigan kichik sanoat zonasi aholini ish bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.  

Massiv o‘ziga xos ekoshahar bo‘ladi – 70 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston bog‘i” va sun’iy ko‘l barpo qilinadi. Bo‘sh maydonlarga ham daraxtlar ekiladi. Sun’iy ko‘l atrofida so‘lim xiyobon tashkil etiladi.  

Ekoshahar hududida “Eco Tower” turarjoy va savdo majmuasi qurilishi boshlanishiga start berildi.  Unda  viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.  

30 qavatli jami 240 xonadondan iborat turarjoy binosi, 11 qavatli mehmonxona hamda 5 qavatli savdo markazini o‘z ichiga olgan, loyiha qiymati 25 million dollar bo‘lgan "Eco Tower" majmuasida yerosti avtoturargohi, bolalar maydonchasi, dam olish maydonchasi, yashil zonalar, favvora joy oladi.  

“Azia Credo Max” mas’uliyati cheklangan  tomonidan amalga oshirishga kirishilayotgan loyiha 2026 yilda to‘la yakunlanadi.  

M.Sulaymonov,  

O‘zA muxbiri