Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekoreyd: issiqxona egalariga tegishli tavsiyalar berildi (+video)
19:28 / 2026-02-06

Toshkent viloyati Qibray tumanida atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik talablarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, tumanning "Farovon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “BLOSSOM GARDENS” MCHJ korxonasiga qarashli issiqxona faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida korxonaning  4 gektar yer maydonda gul yetishtirish faoliyati bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, korxona isitish qozonxonasida tozalash filtr o‘rnatilgan bo‘lib, u soz holatda ekanligi va ekologik hamda texnik talablarga rioya etgan holda ishlatilayotgani aniqlandi.

Mutasaddilar tomonidan issiqxona egalariga faoliyati davomida ekologik talablarga amal qilishlari va atmosfera havosini ifloslantiruvchi tashlamalar chiqishiga yul quymasliklari bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Maxsus komissiya ishtirokidagi ekologik reyd tadbirlari davom etmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/gpNgqd9Ypzc" title="Ekoreyd: issiqxona egalariga tegishli tavsiyalar berildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Hamroz Bayanov, O‘zA