Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
EKOREYD: ekologik qoidalarga amal qilmayotgan issiqxona egalariga ma’muriy jazo choralari ko‘rildi
19:11 / 2026-01-21

Kecha tunda Toshkent viloyati Qibray tumani O‘ngqo‘rg‘on va Obod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ekoreyd tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida bir qator issiqxonalar faoliyati o‘rganildi.

O‘nqo‘rg‘on MFYda joylashgan fuqaro A.Shermuhammedovga tegishli issiqxonada isitish qozonxonasidagi filtr tizimi nosoz holda ishlayotgani aniqlandi. Shu sababli, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 95-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shuningdek, Obod MFYdagi Safayev Xojimurodga qarashli issiqxonada ham filtr tizimi ishlamayotgani aniqlanib, ma’muriy chora ko‘rildi.

Obod mahallasidagi yana boshqa issiqxonalar – A.O‘rmonov va S.Axmadovga tegishli ob’ektlarda ham isitish qozonxonasidagi filtrlar nosoz holda ishlayotgani sababli, MJtKning 95-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Hamroz Bayanov, O‘zA