Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekopartiyada MDH PA kuzatuvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 
14:37 / 2024-09-27

27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament va mahalliy Kengash deputatlari sayloviga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in kechmoqda.

Mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan ushbu siyosiy jarayonga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi sa’y-harakatlarni kuzatish maqsadida qator xalqaro kuzatuvchilar missiyalari yurtimizda bo‘lib turibdi. 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasining saylovni kuzatish missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Mehmonlar dastlab partiya Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasida tashkil etilgan saylov shtabi bilan tanishtirilib, shtab faoliyati, partiyaning saylov jarayonlariga ko‘rayotgan tayyorgarligi hamda olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari haqida ma’lumot berildi. 

Muloqot davomida saylovoldi jarayonlar ochiq va shaffof tarzda o‘tayotgani, barcha partiyalarga teng shart-sharoitlar yaratilgani alohida qayd etildi. 

O‘z navbatida, missiya vakillari mamlakatimizdagi siyosiy tadbir, partiyaning saylovga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi faoliyati xususida o‘z fikrlarini bildirdi. 

Uchrashuv o‘zaro samimiy va konstruktiv muloqot asosida o‘tdi. 

M.Komilova, O‘zA