Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekopartiya rahbari «Yashil makon» loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
19:06 / 2021-12-21

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Narzulla Oblomurodov boshchiligidagi ishchi guruh «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Joriy yil 2 noyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimizda yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish yuzasidan qator vazifalar belgilab berilgan edi. Mazkur loyiha doirasida Andijon viloyatida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi Ishchi guruhi ana shu ishlar bilan yaqindan tanishdi.

[gallery-5171]

Ishchi guruh bu borada Asaka tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida dastlab tumandagi Niyozbotir mahallasi hududidagi Niyozbotir o‘rmon bo‘limida bo‘ldi. Bu yerda gul, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini yetishtirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng Asaka tumanining Mehnatobod mahallasida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida 55 gektar maydonga ekilgan pavloniya ko‘chatlari, ularning sug‘orish tizimini bevosita kuzatdi.

Ishchi guruh a’zolari tumanning Cho‘ntak mahallasidagi «Asaka me’yor» xususiy korxonasida bo‘lib, mazkur korxona issiqxonalarida buta va gul ko‘chatlari yetishtirish, ularni parvarishlash borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Kunning ikkinchi yarmida ishchi guruh a’zolari Izboskan tumanidagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi. Mahallada ko‘p xonadonlar ko‘chat yetishtirish bilan shug‘ullanib, yaxshigina daromad topadi.

Ekopartiya rahbari tumandagi ko‘chat yetishtiruvchi dehqon va tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Muloqot davomida mamlakatimizda ko‘chatchilikni rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, bu boradagi ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA