Samarqand xalqaro turizm markazida “Eco-Save Aral-2025”, “Talaba-yugur”, “O‘quvchi-yugur” ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkazildi.
“Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” davlat dasturi ijrosi yuzasidan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, yurtdoshlarimizning jismoniy faolligini oshirish, ayniqsa, yoshlarda sportga qiziqishni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan marafonda davlat xizmatchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, harbiylar, bojxona xodimlari, imkoniyati cheklangan shaxslar hamda turli yoshdagi fuqarolar sog‘lom hayot sari faol qadam tashladi.


Besh mingdan ziyod ishtirokchi xalqaro turizm markazi bo‘ylab yugurib, 3 kilometr masofani bosib o‘tdi.
Natijalarga ko‘ra, “Eco-Save Aral-2025”da erkaklar o‘rtasida Otabek Toshquvvatov, ayollar poygasida Shohsanam Yo‘ldosheva marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.


“Talaba-yugur” talabalar bahsida Azizbek Boshmonov va Ruhshona Abduxoliqova, “O‘quvchi-yugur” musobaqasida esa Shahriyor Shodiyev hamda Farangiz Alimova belgilangan masofani birinchi bo‘lib bosib o‘tdi.
Marafon g‘oliblari va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.


G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari