Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologiyani toza saqlashga qaratilgan seminar (+video)
15:10 / 2025-12-04

Toshkent tumanida atrof-muhitning ifloslanishdan muhofaza qilishga qaratilgan navbatdagi amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Toshkent tumani hokimligi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Unda tijorat banklari vakillari, issiqxona egalari, filtr ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar, mahalla raislari hamda hokim yordamchilari ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya xodimlari, tuman prokurori hamda IIB boshlig‘i ham tadbirda qatnashib, huquqiy tartibotni ta’minlash va ekologik nazoratdagi vazifalar yuzasidan fikrlashdi. 

Dastlab tuman hokimi Sardorbek Ergashev o‘z so‘zida issiqxona egalari zimmasidagi mas’uliyatga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, filtr o‘rnatmasdan faoliyat yuritib, havo sifatiga zarar yetkazayotgan har qanday issiqxona xo‘jaligiga nisbatan choralar ko‘rilishi, zarurat tug‘ilganda esa tarmoqdan uzilishgacha borilishi ta’kidlandi. 

Seminarning asosiy maqsadi Prezident Administratsiyasi rahbarining topshiriqlaridan kelib chiqib, issiqxona egalari o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda havo ifloslanishining oldini olish bo‘yicha tizimli choralarni amalga oshirishdan iboratdir. 

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan tadbirkorlarga issiqxonalarda filtr o‘rnatish, zararli yoqilg‘idan voz kechish, havoga sizuvchi chiqindilarni minimallashtirish kabi ekologik me’yorlarning amalda qanday bajarilishi kerakligi atroflicha tushuntirildi. Shu bilan birga, Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan issiqxonalarda qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. 

Ko‘rgazma texnik yechimlarni taklif etuvchi kompaniyalar bilan amalda faoliyat yuritayotgan issiqxona egalari o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajarib, tadbirkorlarga filtrlar, energiya samarador uskunalar va ekologik xavfni kamaytiruvchi zamonaviy tizimlar bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. 

Maqsad issiqxonalarni modernizatsiya qilish va ularni zamonaviy, ekologik xavfsiz yechimlarga o‘tkazishga ko‘maklashishdir. Bu esa hududlardagi ekologik holatni yaxshilash va tadbirkorlikni yanada barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/OQWpJyYY0bg" title="Ekologiyani toza saqlashga qaratilgan seminar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

A.Musayev, O‘zA.