Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologiyani asrash kelajakni asrashdir
14:52 / 2023-04-14

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Nukus shahar Kengashi tomonidan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 15 aprel – Ekologiyaga oid bilimlar kuniga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Nukus shahar partiya tashkiloti vakillari, shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi inspektorlari, professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etdi.  

Ta’kidlanganidek, mazkur bayram 1992 yil BMT tomonidan Rio de Janeyroda bo‘lib o‘tgan konferensiyada ekologik muammolarga qarshi kurashishda barcha insonlarning ekologik madaniyati, bilimining juda muhimligini e’tiborga olgan holda qabul qilingan edi. Mana 30 yildirki ushbu sana dunyo mamlakatlarida keng turda nishonlanib kelinmoqda.  

Bundan ko‘zlangan maqsad, ekologik bilimlarni targ‘ib qilish, aholi va yoshlarda ekologik tarbiya va madaniyatni oshirish, ekologik muammolarga jamoatchilik e’tiborini qaratish hamda ularni birgalikda bartaraf etish, shu asnoda dunyoda ekologik barqarorlikka erishishdan iborat.    

Dunyo aholisi soni  o‘sib borayotgani sari ularning hayotiy zarurliklari tabiiy resurslarimizning tobora kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Qolaversa insonlarning hayot va ish faoliyati tufayli, ya’ni antropogen faktorlar sabab atrof muhit kun sayin katta aziyat chekmoqda. Bunda odamlarning bilib yoki bilmay keltirayotgan zararli xatti-harakatlari zamirida ekologik ongning pastligi yotadi. Shu bois, ekologik ta’lim va bilim atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha masalalarning yechimi deb qaraladi.  

Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish, ekologik ongi va ekologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, ekologik ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga  alohida e’tibor  qaratilmoqda.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi “Tabiat burchagi”dan boshlab barcha ta’lim muassasalarida, mahallalarda yosh avlodga tozalik, ozodalik, mas’uliyatlilik kabi oliy fazilatlar singdirilib kelinadi. Qolaversa, har bir insonning ekologik huquq va majburiyatlari ham bosh qomusimiz  bo‘lmish Konstitutsiyada, boshqa qator qonunlar va qonunosti hujjatlari bilan kafolatlangan.  

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.  

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA