Navoiy shahridagi Bolalar teatrida kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Unda viloyatdagi tuman va shaharlardagi kasbiy ta’lim muassasalaridan 7 ta jamoa “Bu bizning hudud”, “Intellektual ring”, “Ekologiya uchun barchamiz mas’ulmiz!” va “Eng yaxshi ekologik loyiha” shartlarida o‘zaro bellashdi.


Har bir jamoada 8 nafardan o‘quvchi ishtirok etgan bellashuv yakunida 1-o‘rinni Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi akademik litseyi, 2-o‘rinni Uchquduq tumanidagi 2-son texnikumi va 3-o‘rinni Qiziltepa tumanidagi 2-son texnikumi jamoalari qo‘lga kiritdi.


1-o‘rinni egallagan “Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi akademik litsey jamoasi esa 25-27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichida ishtirok etadi.


Barcha g‘olib va sovrindor jamoalarga tashkilotchilarning diplom va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri