Ekologiyaga befarq bo‘lmagan yoshlar yanada faol bo‘lishlari kerak
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasida yosh ekofaollar ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Abdushukur Hamzayev so‘zga chiqib, mamlakatimizda atrof-muhit muhofazasiga katta e’tibor qaratilayotgani haqida ta’kidlab, 2025-yilning "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" deb nomlangani ham buning yorqin isboti ekanligiga urg‘u berdi. Bu yilda ekologiyamizga befarq bo‘lmagan yoshlar yanada faol bo‘lishlari kerakligini qayd etdi.

Shuningdek, bunday tadbirlar yoshlarning ekologik mas’uliyatini oshirish, ularni ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etishga undash hamda kelajak avlod uchun yanada toza va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qilishi aytib o‘tildi.

Seminar doirasida yoshlar ona tabiatni asrashga qaratilgan o‘z loyiha va takliflarini taqdim qildi.
M.Komilova, O‘zA