Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologiya tizimiga zarar yetkazmasdan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash mumkinmi?
14:47 / 2022-10-03

Butun dunyoda kundan-kunga dolzarb bo‘lib borayotgan muammolardan biri – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hisoblanadi. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi (FAO) tashkiloti 2021 yil 23 sentyabrda yer yuzi aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash yo‘nalishlariga bag‘ishlangan «2021 Food Summit” xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Sammitda "mavjud yer yuzi ekologiya tizimiga zarar yetkazmasdan dunyo aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash mumkinmi?" degan savolga javob topish asosiy masala bo‘ldi. Sammitda 148 ta mamlakatdan bildirilgan 2 mingdan ortiq takliflar muhokama qilindi.

BMTning «Barqaror rivojlanish -2» (Ochlikni tugatish) dasturida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va ovqatlanish tizimini yaxshilash – ochlikni tugatishning asosiy mexanizmi sifatida e’tirof etilgan. 

O‘zbekiston YAIMning 32 foizini qishloq xo‘jaligi sohasi tashkil qilib, ushbu dastur bajarilishi aholini o‘z egaligidagi tomorqa yerlaridan unumli foydalanish va mahsulot yetishtirish samaradorligini oshirish orqali sifatli oziq-ovqat yetishtirishni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 30 iyunda “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. 

Mazkur qaror bilan:

  • aholi tomorqalariga kafolatlangan ko‘chat va urug‘larni tizimli yetkazib berishni tashkil etish uchun «Tomorqa xizmati» MCHJlarga issiqxona, sovutgichli omborxonalar, chorvachilik majmualari qurish uchun asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq yer maydoni ajratish;
  • «Tomorqa xizmati» MCHJlar kuzatuv kengashlari tarkibiga, tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi a’zo bo‘lib kirishlari;
  • aholi tomorqalariga kafolatlangan ko‘chat va urug‘larni tizimli yetkazib berish, mahsulotlarni sotishni tashkil qilish uchun viloyatlar va tuman (shahar)lar markaziy dehqon bozorlarida, aholi gavjum punktlarida «Tomorqa xizmati» MCHJlar uchun maxsus savdo maydonlarini ajratish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Qarorda belgilangan muhim masalalardan yana biri – mulkdorlik hissi va nazoratini oshirish maqsadida O‘zbekiston dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan klaster usulida faoliyat yuritadigan «Tomorqa xizmati» MCHJlarga 3 yil muddatga kredit berish yoki ularning ustav kapitaliga keyinchalik sotish huquqi bilan ulush belgilanishidir. 

Shuningdek, aholi tomorqalarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun 20-30 tonnalik kichik hajmli sovitgichlar barpo etishni moliyalashtirish mexanizmi ham yo‘lga qo‘yildi.

Tijorat banklari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida uch oy imtiyozli davr bilan bir yil muddatga aholi tomorqalaridan samarali foydalanish yo‘nalishida 2 million so‘mgacha mikrokreditlar ajratish mexanizmi joriy etildi.

O‘zbekiston dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida qaror ijrosini ta’minlash uchun "Tomorqa xizmati" MCHJlarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun jami 378,1 mlrd. so‘m pul mablag‘lari ajratilgan. 

Ushbu mablag‘larning 310,3 mlrd. so‘mi tomorqa yer egalariga, 10,2 mlrd. so‘mi fermer va dehqon xo‘jaliklariga, 4 mlrd. so‘mi "Tomorqa xizmati" va boshqa mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, 1 mlrd. so‘mi qishloq xo‘jaligi kooperativlariga imtiyozli kredit sifatida ajratilgan bo‘lib, mablag‘larning 7,7 mlrd. so‘mi tomorqa xizmati korxonalari ustav fondiga Jamg‘arma ulushi sifatida sifatida kiritilgan.

Targ‘ibot ishlari hisobiga tomorqa yer egalari, fermer xo‘jaliklari, "Tomorqa xizmati" MCHJ, qishloq xo‘jaligi kooperativlariga ajratilgan mablag‘lar 2021 yilning mos davriga 217,8 mlrd. so‘m ko‘paygan. Bu holat aholining o‘z tomorqa yerlaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqishlari ortishini ifodalaydi. 

Hududlar kesimi bo‘yicha amalga oshirilgan tahlillar ushbu yo‘nalishdagi eng yuqori natija Andijon viloyatida (4,8 barobar), Qashqadaryo viloyatida (4,7 barobar), Buxoro viloyatida (3,6 barobar) oshganligini ko‘rsatmoqda.

Jamg‘arma tomonidan ajratilgan mablag‘lari hisobidan 2022 yil o‘tgan davri mobaynida 2389 ta xonadonda jami 38,3 gektar maydonda issiqxona, 2955 ta xonadon tomonidan 52 mingdan ortiq zotdor qo‘y, 889 ta xonadon esa 3 mingdan ortiq qoramol, 1992 ta xonadon 330 mingdan ortiq zotdor parranda, 531 ta xonadon 9800dan ortiq asalari qutilari, 101 ta xonadon 8,5 mingdan ortiq quyon xarid qilgan.

Shuningdek, 786 nafar tomorqa yer egasi tomonidan 17,1 mlrd. so‘mlik ko‘chat va urug‘lar sotib olingan bo‘lsa, 121 nafar tomorqa yer egasi bog‘ va tokzor tashkil etish uchun 2,8 mlrd. so‘mlik kredit olgan.

Kichik yer egalari yer maydonlariga ishlov berish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida 204 ta fuqaro tomonidan salkam 500 ta motokultivator sotib olingan. Ajratilgan kreditlar natijasida joriy yilning 1-yarim yilligida jami 11 800 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi davlat tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanadi. Hozirda respublikamizda agrar tarmoq uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori davlat tomonidan rivojlangan mamlakatlarga nisbatan 2-3 barobar ko‘pdir. 

Biroq, ushbu mablag‘lar to‘g‘ri va maqsadli yo‘naltirilyapti, deb bo‘lmaydi. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligining eksport salohiyatini oshirish va qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar hajmini ko‘paytirish imkoniyatlari yuqori.

Rivojlangan davlatlar, xususan, Turkiyada 1 gektar yerdan 2 ming, Misrda 8 ming, Isroilda 12 ming dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqariladi, ushbu ko‘rsatkich O‘zbekistonda 300 dollardan oshmaydi.

Olimlar va mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatimiz 20 milliard dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatiga ega. Buning uchun 1 gektar yerdan kamida 10 ming dollarlik mahsulot ishlab chiqarish talab etiladi

Eksport uchun qulay bozorlar kam emas. Masalan, dunyo bozorida bodomning yillik import hajmi salkam 3 milliard dollarni, gilos va olchaniki 2 milliard dollarni, pistaniki esa 1,5 milliard dollarni tashkil etadi. Bu orqali 2025 yilgacha eksport hajmini yiliga 2 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.

Xalqaro standartlarga mos mahsulot jahon bozoriga chiqishning eng asosiy vositasidir. Shu sababli Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya va arab mamlakatlari standartlari asosida mahsulotlarni sertifikatlash tizimini joriy etish zarur. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 70 foizi tomorqa xo‘jaliklarida yetishtiriladi.

O‘zbekiston dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar ushbu imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga xizmat qiladi.

 

D.Rahimberdiyeva, 

O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va 

tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi xodimi