Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologiya sohasida xalqaro hamkorlik yanada rivojlanadi
19:21 / 2020-12-22

Davlat ekologiya qo‘mitasida AQSH Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Iqtisodiy rivojlanish ofisi direktori Skott Xedland bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muzokara olib borildi.

Skott Xedlandga Orol dengizi qurishi salbiy oqibatini yumshatish, Orol dengizi mintaqasida ekologik vaziyatni, mahalliy aholining turmush sharoiti va sifatini yaxshilash, biologik xilma-xillikni tiklash bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Shuningdek, uchrashuvda ekologik turizmni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilish, tajriba almashish imkoniyatini ham ko‘rib chiqildi.

Gulnoza BOBOEVA, O‘zA