Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologiya nazoratchilari rag‘batlantiriladi (+video)
13:24 / 2024-03-06

Hukumatning 24-fevraldagi qarori bilan jamoatchilik ekologiya nazoratchisi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Hujjatda jamoatchilik ekologiya nazorati vakillarining maqomi, huquq va majburiyatlari, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hamda malaka oshirish tartibi belgilab berildi.

Nizomga ko‘ra, 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ekologiya nazoratchisi bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi 1-iyunga qadar jamoatchilik ekologiya nazoratchiligiga nomzodlar uchun mustaqil ta’lim dasturini tayyorlashi kerak.  

<iframe width="1250" height="703" src="https://www.youtube.com/embed/lpySN7kAb5Q" title="Ekologiya nazoratchilari ragʻbatlantiriladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

 Huquqbuzarliklar aniqlanganda va zarur choralar ko‘rilganda ekologiya nazoratchisi Ekologiya jamg‘armasining pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:  

 * daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollarni noqonuniy kesish, yoqish, kundakov qilish, shikastlantirish, nobud qilish yoki boshqa joyga qo‘chirib o‘tkazish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni aniqlaganlik uchun — huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan BHMning 1 baravari (340 ming so‘m) miqdorida;  

* ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi boshqa huquqbuzarliklar uchun — huquqbuzardan undirilgan jarima summasining 15 foizi miqdorida.  

Bunda ushbu qismning 5 foizi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi inspektorini rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi.  

Jarima sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, summaning 15 foiz miqdori Ekologiya jamg‘armasi mablag‘laridan qoplanadi.

Bugungi lavhamizda jamoatchilik ekologiya nazoratchilarining huquq va majburiyatlari haqida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi jamoatchilik bilan aloqalari bo‘limi bosh mutaxassisi Murod Nurmatov batafsil ma’lumot beradi.

   

M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov O‘zA