English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologik xavfsizlikni barqarorlashtirish tendensiyalari muhokama qilindi (+video)
15:31 / 2025-04-02

«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazida «Mamlakatda ekologik xavfsizlikni barqarorlashtirish tendensiyalari» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi, Ekologik partiya, Bosh prokuratura, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mutasaddi rahbarlari va hududlardan mingga yaqin sohaga oid mutaxassislar ishtirok etdi.

– Konferensiyada tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olishga e’tibor qaratildi, – deydi harbiy fanlar doktori Shavkat Abdullayev. Bundan tashqari ekologik xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish maqsadida ilmiy asoslangan takliflarni tayyorlash muhokama qilindi.

Qizg‘in bahs va munozaralarga boy o‘tgan tadbirda mamlakatimizda ekomuvozanatni mustahkamlash borasidagi istiqbolli yondashuvlar yuzasidan takliflar bildirildi.

Yakunda vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida Ma’naviyat va ma’rifat markazi hududiga daraxt ko‘chatlari ekildi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5iUXW0dKka0" title="Ekologik xavfsizlikni barqarorlashtirish tendensiyalari muhokama qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, O‘zA