Ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha har bir tuman va shaharning “master-reja”si ishlab chiqiladi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga hokimlar va tarmoq rahbarlari bilan birga:
– joylarda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha har bir tuman va shaharning “master-reja”sini ishlab chiqish;
– yil yakunida hudud va tarmoqlarning ekologik reytingi va ekologik pasportini e’lon qilib borish topshirildi. Natijalari bo‘yicha hokimlar aholiga murojaat qilishi belgilandi.
O‘zA