Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologik toza va shifobaxsh suv
16:38 / 2017-07-25

Navoiy viloyatining Uchquduq tumanidagi “Biometriya-Qizilqum” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan aholiga ekologik toza va sifatli ichimlik suvi yetkazib berilmoqda.

Navoiy viloyatining Uchquduq tumanidagi “Biometriya-Qizilqum” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan aholiga ekologik toza va sifatli ichimlik suvi yetkazib berilmoqda.

– Navoiy kon-metallurgiya kombinati tasarrufidagi bo‘sh turgan binoni “nol” qiymatida olib, faoliyat boshlagan edik, – deydi korxona rahbari Botir Majidov. – Xorijdan suvni qayta ishlash va qadoqlash texnologiyalari keltirib o‘rnatdik. Ayni paytda soatiga bir tonna ichimlik suvi qayta ishlanib, savdo shoxobchalari va korxonalarga yetkazib berilayotir. Kasb-hunar kollejini bitirgan 8 nafar yosh mutaxassisning bandligi ta’minlandi.

Prezidentimizning joriy yil 19-iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, faoliyati samaradorligini yanada oshirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

300 metr chuqurlikdan olinayotgan ichimlik suvining 9 bosqichli filtrlash jarayonidan so‘ng biokarbonat, magniy xlorid, sulfat, kalsiy kabi foydali elementlarni tarkibida saqlab qolishi inson organizmi uchun g‘oyat foydalidir.

Korxonada ishlab chiqarishni yanada kengaytirishga qaratilgan bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, 150 ming dollar qiymatidagi texnologik liniyani xarid qilish bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Ishlab chiqarishning yangi bosqichiga o‘tilsa, tumandan tashqari Zarafshon shahri aholisini ham toza va shifobaxsh ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ladi.