French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologik tashabbuslarda yoshlar mas’uliyati
18:52 / 2026-02-03

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan ekologiyani muhofaza qilish, atrof-muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda suvni tejashga qaratilgan ekologik loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot doirasida ekologik muammolar va ularning yechimlari, yoshlar ishtirokida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan amaliy tashabbuslar hamda loyihani keng jamoatchilik orasida ommalashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ishtirokchilar tomonidan ekologik madaniyatni yuksaltirish, aholining ekologik mas’uliyatini oshirish va barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi g‘oyalar ilgari surildi.  

Jumladan, ekologiya masalasi bugungi kunda global ahamiyat kasb etayotgani, universitet jamoasi bu boradagi tashabbuslarga doimiy e’tibor qaratishi bildirildi. Mazkur ekologik loyiha taqdimoti yoshlar orasida ekologik ong va mas’uliyatni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbus sifatida e’tirof etildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA