Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologik o‘zgarishlar: amaliyot, nazorat va tahlil
12:26 / 2022-07-14

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida Davlat ekologiya qo‘mitasi va viloyatlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari tahliliy laboratoriyalarini zamonaviy uskunalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Buxoro viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi laboratoriyasiga ham 10 turdagi yuqori aniqlikda ishlovchi uskunalar olib kelindi. 

– Ekologiya bilan bog‘liq muammolar jiddiy xavf solayotgan bugungi kunda insoniyat uning har qanday sinovlariga tayyor turishi hayotiy zaruratga aylanmoqda, – deydi Davlat ekologiya qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i O‘lmas Sobirov. 

– Ob havo o‘zgarishi, suvning ifloslanish darajasi, shamol yo‘nalishi va tezligi bular haqida o‘z vaqtida xabardor bo‘lish bizni kutilmagan ofatlardan himoya qilish barobarida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish imkonini ham beradi. Ekologiya boshqarmalari huzuridagi ilmiy laboratoriyalar hududlarda ekotizim bilan bog‘lik tahlillarni o‘tkazadi. 

Laboratoriyaga olib kelingan yangi uskunalar esa o‘ta yuqori aniqlikka ega bo‘lib sanoqli daqiqalarda ko‘rsatgichlarni olish imkonini beradi. 20 milliard so‘mga 10 turdagi 159 dona turli xil zamonaviy uskunalar xarid qilindi. 

Bu uskunalar oldingilaridan tubdan farq qiladi. Respublikada birinchilardan bo‘lib Buxoro viloyatiga olib kelindi. Avtomatik tarzda tahlil natijalarini chiqarib beradi. Qulayligi tezkor va vaqt birligini yutgan holda aniqlikni amalga oshiradi. 

Endilikda mazkur uskunalar yordamida Buxoro hududida havo changlanishi, suvda sho‘rlanish darajasi, yerlarning tabiiy holati bir so‘z bilan aytganda ekologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq barcha jarayonlarni nazorat va tahlil qilish mumkin. Hozirda mazkur uskunalardan foydalanish boshlandi.

Zarif Komilov, O‘zA