Ekologik normalar — barqaror rivojlanish kafolati (+video)
Tabiat va jamiyat tizimidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soluvchi maxsus normalar konstitutsiyaviy darajada belgilab qo‘yilgani ekologiya va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanining ifodasidir. Bu mamlakatimizdagi ekologik huquqiy munosabatlar poydevorini tashkil etadi.
Konstitutsiyamizning bir nechta moddasida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog‘lik ekologik normalar mustahkamlangan.
Конституцияда davlat ekologik siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, ularni normativ-huquqiy hujjatlarda yanada aniqlashtirish hamda qonunni qo‘llash madaniyati ekologik barqaror rivojlanishga imkon berishini yana bir karra tasdiqlaydi.
Bugungi lavhamizda Toshkent Davlat yuridik universiteti ekologiya huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori Go‘zal Uzakova fuqarolarning ekologik huquqi va konstitutsiyada belgilangan ekologik normalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ZbM_0h8BIa4" title="Ekologik normalar — barqaror rivojlanish kafolati" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov, O‘zA