French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologik munosabatlarning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari mustahkamlandi (+video)
14:21 / 2024-05-08

Bundan roppa-rosa bir yil avval umumxalq referendumi asosida yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilingan edi. Ta’kidlash lozimki, Konstitutsiyaviy tuzatishlar, avvalambor, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bo‘lgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlashga, himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydigan normalarga aylanayotganini kuzatish mumkin.

Yangilangan Konstitutsiyada bugungi kunimizning eng dolzarb muammolardan biri – ekologiya masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratilgan. Xususan, har kimni qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi aniq axborotga ega bo‘lish huquqi mustahkamlandi.  

Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish majburiyati, hamda qaysi hududda ekologik vaziyat yomonlashayotganligi, uning sabablari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borishga, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish mas’uliyatini bo‘yniga oldi. Bu haqida batafsil O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Moxira Xodjayeva ma’lumot beradi:  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/fqc7SrSFLVw?si=YlGIWwNiIO1IvvMz" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov,O‘zA