Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologik masalalarda yoshlarning ishtiroki
14:30 / 2026-01-22

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashida partiyaning yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida 2025 yilda amalga oshirilgan ishlari hamda 2026 yildagi vazifalari yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Abdushukur Hamzayev ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida alohida to‘xtaldi. Shuningdek, yurtimizdagi ekologik holatni yaxshilashda yoshlarning o‘rni beqiyosligini qayd etib, joriy yilda mahallalarda ekologik madaniyatni yuksaltirish, “tengdosh tengdoshga” tamoyili asosida yosh avlodning atrof-muhitga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish borasida partiya yoshlari oldida muhim vazifalar turganini ta’kidladi.    

Tadbirda ma’lum qilinganidek, o‘tgan yil partiya tomonidan yoshlar ishtirokida 2,5 mingdan ortiq targ‘ibot, ma’rifiy va amaliy tadbirlar o‘tkazilgan va ularda 110 mingdan ortiq yoshlar qamrab olingan.

Yoshlar o‘rtasida 150 dan ortiq ekologik tanlovlar tashkil etilib, ularda 18 mingga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Xususan, “Ekozakovat” intellektual turnirida 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarining 15 mingdan ziyod talabalari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zosi Azizbek Akbarov aholi va yoshlarning tabiatga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishda faol yigit-qizlarning fidoyiligi muhim ekanini qayd etdi. Bu boradagi ishlarda Qonunchilik palatasi deputatlari ularga yaqindan yordam berishga tayyor ekanini bildirdi.

Tadbirda partiyaning yoshlar yo‘nalishidagi vazifalari, amaliy chora-tadbirlari belgilab olindi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA