Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologik loyihalar tanlovi o‘tkazildi
14:39 / 2025-11-03

Bugun ekologiya va atrof-muhit muhofazasi hamda o‘simlik va hayvonot olamida yuzaga kelayotgan turli xavf-xatarlar sharoitida tabiat va borliqning mavjud holatini saqlab qolish, hayvonot va o‘simlik dunyosini asrab-avaylash muhim ahamiyat kasb etadi.

Yashil hududlarni kengaytirish, ekologik toza transportdan foydalanish, qayta tiklanuvchi manbalarga bosqichma-bosqich o‘tish, shu bilan birga, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, atmosfera muhofazasi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarur.  

Bu borada keng aholi vakillari, ayniqsa, yoshlarning ekologik faolligini oshirish alohida ahamiyat kasb etadi. Yosh avlod vakillarining ekologik xavf-xatarlarga nisbatan shaxsiy mas’uliyatini oshirish ekologik siyosat doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligiga xizmat qiladi.  

Mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilayotgani e’tiborga molik. Jumladan, partiya tomonidan “Eco Wise” yoshlar birlashmasi hamkorligida ekologik loyihalar tanlovi tashkil etildi.

Tadbirda  20 ga yaqin oliy ta’lim muassasalaridan bir guruh iqtidorli talabalar 30dan ortiq istiqbolli loyihalar bilan ishtirok etdi.  

Taqdim etilgan loyihalar ekologik muammolarning dolzarbligi, ahamiyatini o‘zida aks ettirib, ular chuqur tahlil qilingan. Shu bilan birga, mazkur muammolar bo‘yicha ilgari surilgan amaliy yechimlar yoshlarning ekologik bilim va tafakkuri yuqoriligini, ularning atrof-muhit muammolariga befarq emasligini ko‘rsatadi.  

Bu kabi tadbirlar, amaliy tanlovlar yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirish va yanada yuksaltirishga, ularning mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA