Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologik ko‘mish shartnomasi joriy etildi
09:00 / 2018-04-06

Xitoyning Venlin shahar ma’muriyati qariyalarga vafot etganidan so‘ng jasadi kulini dengizga sochib yuborish to‘g‘risidagi shartnoma taklif etib, buning uchun pul mukofoti belgiladi, deb xabar beradi "Interfaks" axborot agentligi.

Xitoyning Venlin shahar ma’muriyati qariyalarga vafot etganidan so‘ng jasadi kulini dengizga sochib yuborish to‘g‘risidagi shartnoma  taklif etib, buning uchun pul mukofoti belgiladi, deb xabar beradi "Interfaks" axborot agentligi.

Shahar ma’muriyati amaliyotga joriy etayotgan ushbu yangilikka ko‘ra,  70-80 yoshdagi keksalar uchun 100 yuan, 80-90 yoshlilar uchun 200 yuan, 90-100 yoshlilar uchun 300 yuan, 100 yoshdan kattalar uchun esa 400 yuandan  oylik maoshi to‘lanadi.

Venlin shahri ekologik ko‘mishni ommalashtirish maqsadida o‘z jasadi kullarini dengizga sochish uchun ro‘yxatdan o‘tganlarni o‘limidan oldin rag‘batlantirish bo‘yicha birinchilikni egalladi. Mamlakatning boshqa hududlarida bunday "nafaqa" marhumning oila a’zolariga, shuningdek, kulni ushlab turishga qaror qilgan kishilarga to‘lanadi.

-Men baliqchiman. Dengiz mening ikkinchi uyim. Men o‘lganimdan so‘ng uyimga qaytishni istayman, - deydi Day Yuyin. 

Xitoyda 5-aprel - o‘tganlarni xotirlash kuni. Xitoy an’analariga ko‘ra, murdani ajdodlari yoniga ko‘mishadi. Lekin aholi o‘ta zich yashaydigan  mamlakatda bu odatlarga rioya qilish yer yetishmasligiga sabab bo‘lmoqda. Yer yetishmasligi muammosini hal qilish uchun hukumat so‘nggi yillarda qulay bo‘lgan mana shunday ekologik ko‘mishni joriy etdi.