Ekologik huquqbuzarliklar uchun qonuniy chora qo‘llanildi
Sirdaryo viloyatida havo sifatini yaxshilash va atmosferaga zararli moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida Ekologiya, DXX, prokuratura, Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari tomonidan idoralararo hamkorlikda kecha-yu kunduz nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Joriy yil 29–30 noyabr kunlari o‘tkazilgan navbatdagi profilaktik reydlar davomida 16 nafar fuqaro tomonidan maishiy chiqindilar hamda o‘simlik qoldiqlarini ochiq havoda yoqib yuborish holatlari aniqlandi.
Aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi va jami 12 million 937 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.



G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri