Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologik bilimlar sinovdan o‘tkazildi
12:37 / 2025-10-25

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi hamda Navoiy davlat universiteti hamkorligida “Biz tabiat himoyachilarimiz!” shiori ostida eko zakovat intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda 10 ta jamoa o‘zlarining ekologik bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Intellektual o‘yin davomida talabalarga ekologiya, chiqindilarni qayta ishlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yashil hayot tarzi va global ekologik muammolarga oid savollar taqdim etildi.

Bellashuv yakunida Navoiy davlat universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetining “Innovatsiyalar” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.  

G‘olib va sovrindorlar, shuningdek, faol ishtirokchilarga partiya tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri