Ekologik barqarorlikni ta’minlash – muhim masala
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanida ham havo sifati va umumiy ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tuman obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari tomonidan asosiy yo‘llar, trotuarlar hamda yo‘l bo‘ylari maxsus suv sepuvchi texnikalar yordamida tozalanib, hududning ekologik holati yaxshilanishiga hissa qo‘shilmoqda. Shu bilan birga, joylarda ko‘kalamzorlashtirish va mavjud daraxtlarni parvarishlash ishlari ham davom ettirilmoqda.
[gallery-26594]
Mazkur chora-tadbirlar tumanda ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda aholining kundalik turmush sharoitiga qulaylik yaratishga qaratilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA