Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologik barqarorlikni ta’minlash Konstitutsiya darajasida mustahkamlandi (+video)
16:37 / 2023-06-15

Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish har doim davlat va jamiyat hayoti uchun muhim masalalardan biri bo‘lib kelgan.

Ayniqsa, ekologik muammolar jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan hamda global muammoga aylangan bugungi sharoitda mazkur masala yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyoda 7 million kishi havo ifloslanishi ta’siridan vafot etadi. Gaz ifloslanishidan kelib chiqadigan kasalliklarni davolash uchun yiliga taxminan 1 trillion dollar sarflanadi. Har soatda 1692 gektar unumdor yer cho‘lga aylanadi.  

Ekologiya muammosi xalqaro darajada atrof-muhit muhofazasi mavzusi sifatida ilk marotaba 1972 yilda Stokgolmda o‘tkazilgan BMT konferensiyasida muhokama qilingan. Mazkur konferensiyada inson farovon va yuqori qadr-qimmatga ega hayotni taqozo etadigan muhitda yashamog‘i lozim degan g‘oya ilgari surilgan.  

Tabiatdagi global iqlim o‘zgarishlari, Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq vaziyatning tobora keskin tus olayotgani sababli ekologik masalalar Asosiy Qonunimizdan o‘rin olgan. Jumladan, Bosh qomusimizning muqaddimasi, 9-bobi, 49, 79, 115-moddalariga bu borada yangi normalar kiritilganini alohida qayd etish kerak.

Ushbu normalar haqida batafsil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati ma’lumot beradi

Batafsil:      

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hmaQYr59IUI" title="Ekologik barqarorlikni ta’minlash Konstitutsiya darajasida mustahkamlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva,

H.Abduvoitov O‘zA