Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologik barqarorlikka erishishda yoshlarning o‘rni muhim
14:27 / 2024-01-18

Ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, atmosfera ifloslanishining oldini olish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Turli ko‘rinishdagi ekologik muammolar avj olayotgan ayni paytda fuqarolarning, ayniqsa, yosh avlod vakillarining ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologik barqarorlikka erishishda ularning ishtirokini kengaytirish, atrof-muhitga munosabatini kuchaytirish alohida ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi ijroiya qo‘mitasida tashkil etilgan “Ekologik barqarorlikka erishishda yoshlarning o‘rni” mavzusidagi davra suhbatida shular haqida so‘z bordi. Unda respublikamizning 14 ta hududidan 100 dan ziyod yoshlar “Zoom” platformasi orqali ishtirok etdi.  

Davra suhbatida partiya Markaziy Kengashi raisi Abdushukur Hamzayev so‘zga chiqib, mamlakatimizdagi ekologik holatni yaxshilashda yoshlarning o‘rni muhimligini ta’kidladi:  

– Bugun ekologiyani asrab-avaylash borasida oldimizda o‘ta dolzarb vazifalar, zalvorli ishlar turibdi. Partiyamizning yashil hududlarni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasidagi targ‘ibot ishlarini olib borishda faol yoshlarning ko‘magi zarur. Shu bois ham partiyamiz ushbu yo‘nalishdagi loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishda yoshlar qamrovini yanada kengaytirishga e’tibor qaratadi. Alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashabbuskor va iqtidorli yoshlarning faolligini oshirish uchun barcha zaruriy sharoitlarni yaratishga, ilmiy izlanish olib borayotgan yosh olimlarimizni aniqlash va ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan holda ko‘llab-quvvatlashga doim tayyor, – dedi A.Hamzayev.  

Tadbir davomida yoshlar atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha o‘z takliflari, fikr-mulohazalarini bildirdi. Dolzarb takliflari bilan faol ishtirok etgan yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA