French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekologik aksiyalarga faol hissa qo‘shib
10:29 / 2024-03-12

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ekologiya mavzusiga va ekologik jurnalistikaning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Ayni paytda mazkur fond ekologik aksiyalarni tashkil etishga faol hissa qo‘shmoqda.

Fond vakillari “Breathe Tashkent” tashabbuskorlar guruhi va “Ekolog.uz” nodavlat-notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘ida 100 tupdan ortiq daraxt va buta ko‘chatlarini ekishda bevosita ishtirok etdi. Jumladan, shahar havosini tozalash, atrof-muhitni yaxshilashda katta o‘rin tutadigan eman, kashtan, zarang va boshqa daraxtlarning ko‘chatlari o‘tqazildi.  

Mazkur tadbir keng ko‘lamli yashillantirish aksiyasining bir qismi bo‘lib, hashar 17, 24 va 31-mart kunlari ham davom etadi. Ko‘kalamzorlashtirish ishlaridek ibratli tashabbusda barcha birdek ishtirok etishi mumkin.  

N.Usmonova, O‘zA