Jizzax politexnika institutida o‘tkazilgan “Ekoinnovatsion – 2025” ko‘rgazmasida ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan yangi innovatsion ishlanma va loyihalar namoyish qilindi.
Ko‘rgazmani Jizzax politexnika instituti talabalari, magistr va doktorantlari o‘zlarining yangi ilmiy ishlanmalari bilan boyitdilar. Mazkur ishlanmalarda atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish, chiqindilarni qayta ishlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va innovatsion ekologiya texnologiyalarini joriy etish kabi muhim mavzularga e’tibor qaratilgan.

Ekspertlar guruhi a’zolari tomonidan baholangan loyihalardan ba’zilari ekologik holatni yaxshilashda katta yordam berishi aytib o‘tildi.

Ko‘rgazma natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishlanma va loyiha mualliflari 6 million so‘m, 2-o‘rinni egallaganlar 4 million so‘m va 3-o‘rinni qo‘lga kiritganlar esa 2 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari