Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekofaol qizlarning ekologik tashabbuslari tinglandi
11:58 / 2025-09-17

Atrof-muhit va ekologiyani asrashda aholi qatlamlarining ekologik madaniyatini, tashabbuskorligini oshirish dolzarb ahamiyatga ega. Ayniqsa, yoshlarning, qizlarimizning ekologiya sohasiga oid muammolarni hal etishdagi ishtirokini kengaytirish, faol tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash samarali natijalarga erishishda muhim.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi, Samarqand Davlat Veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti faol qizlari, shuningdek, partiyaning “Yoshlar qanoti” faollari hamkorligida “Qizlar va ekologik liderlik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda qizlarning atrof-muhitni asrash va ekologik muammolarni hal qilish yo‘lidagi tashabbuslari bilan tanishildi.  

Tadbir davomida ekologik ong va madaniyatning oiladan boshlanishi, shuningdek, har bir qizning toza muhitni ta’minlash borasidagi shaxsiy mas’uliyati haqida o‘zaro fikr almashildi.

Faol qizlar o‘z taqdimotlarida yashil hududlarni ko‘paytirish, suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha takliflarini ilgari surdi. Ularning tashabbuslari nafaqat o‘zlari tahsil olayotgan muassasalarda, balki jamiyatda ham ekologik madaniyatni shakllantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.

Davra suhbatida shuningdek, ekologik liderlikning ijtimoiy jarayonlardagi ahamiyati, yosh qizlarning ushbu yo‘nalishda faol bo‘lishi kelajak avlodlar uchun toza va sog‘lom muhit yaratishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Bu borada qizlarning ekologik tashabbuslari keng qo‘llab-quvvatlanishi e’tirof etildi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA