English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekodeputatlar tashabbusi bilan bog‘ tashkil etildi
15:06 / 2025-04-14

Yurtimiz bo‘ylab keng quloch yoygan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘kalamzorlashtirish, yangi ko‘chat va nihollar o‘tqazib, yashil bog‘lar barpo etish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Bu jarayonlarda O‘zbekiston Ekologik partiyasi faollari va deputatlari ham tashabbuskorlik ko‘rsatishmoqda. Yashillar partiyasi vakillarining sa’y-harakati bilan yangi bog‘lar, yashil maydonlar yaratilmoqda.  

Xususan, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputatlar guruhi a’zolari tashabbusi bilan poytaxtimizda «Deputatlar bog‘i” tashkil etildi.  

Partiya guruhining tashabbusiga asosan Toshkent shahar hokimligi tomonidan Bektemir tumanidan 4 gektar yer ajratib berildi. Bu yerga katalpa, safora, klyon, eman va chinor kabi xilma-xil daraxt ko‘chatlari qadaldi. Aksiya doirasida senatorlar, mahalliy Kengash deputatlari, yosh ekologlar, shuningdek, bir qator tashkilotlar xodimlari faol ishtirok etdi.

M.Komilova, O‘zA