Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ekin maydonlarining suv ta’minoti yaxshilanadi
16:43 / 2023-07-14

Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi “Usmon Nosir” va “Farg‘ona” hududlaridagi ekin maydonlari, aholi tomorqalarining suv ta’minotini yaxshilash maqsadida mavjud sug‘orish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Irrigatsiya tarmoqlari qurilishiga davlat byudjetidan 9 milliard 633 million so‘m mablag‘ ajratildi. Loyiha ijrochisi – “Suvomborqurilish” MCHJ tomonidan 20 kilometr masofadagi ichki kanal va ariqlarda betonlash ishlari olib borilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirishga maxsus texnikalar va yigirma nafar ishchi-xodimlar jalb etilgan.  

– Ushbu irrigatsiya tarmoqlarini qurish ishlari o‘tgan yili boshlangan bo‘lib, 11,5 kilometr qismi bitkazildi, – deydi “Sirdaryosuvqurilishinvest” davlat muassasasi bosh muhandisi S.Jalilov. – Ob’ekt joriy yil 1 dekabrga qadar foydalanishga topshiriladi. Buning natijasida qariyb 2 ming gektar ekin maydonlarining suv ta’minoti yaxshilanadi.  

Sh.Suyarov, O‘zA.