Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi neft mahsulotlari (dizel yonilg‘isi va benzin) bozoridagi holatni doimiy ravishda monitoring qilib bormoqda.
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va fermer xo‘jaliklarining ehtiyojlarini qondirish imkonini beruvchi yetarli hajmdagi benzin va dizel yoqilg‘isi birja savdolari orqali realizatsiya qilinmoqda.
Qo‘mita ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda manfaatdor idoralarga ekin ekishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari hamda fermer xo‘jaliklarining yonilg‘iga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan tezkor choralar ko‘rishni tavsiya etmoqda. Shuningdek, neft mahsulotlari bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan hollarda Qo‘mitaning hududiy organlariga murojaat qilish mumkinligi qayd etildi.
Qo‘mita va uning hududiy organlari birja savdolari davomida shakllanadigan neft mahsulotlari narxlarini muntazam ravishda monitoring qilib boradi.
Nigora Rahmonova, O‘zA