French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
EITI tashabbusi O‘zbekistonda qanday natija beradi?
13:34 / 2025-11-28

Mamlakatimiz xorijiy hamkorlik va xalqaro standartlar, xususan, Qazib olish sanoatining shaffofligi tashabbusi (EITI) doirasida faolligini kengaytirmoqda.

Mazkur tashabbus natijasida qazib olish sanoatini rivojlantirishdagi global amaliyotlar va standartlar O‘zbekistonda ham joriy etilib, sohada investitsiya muhiti va shaffoflikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Mazkur hamkorliklar doirasida tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Feruza Hamidova EITI tashkiloti boshqaruvi raisi Xelen Klark boshchiligidagi xorijiy delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuvda delegatsiya tomonidan tashkilotning faoliyati, EITI standartlarini joriy qilishning bosqichlari va ularning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning EITIga a’zoligi masalasi islohotlar davomiyligi va strategik maqsadlar bilan muvofiq ekani alohida ta’kidlandi.

Vazirlik rahbariyati so‘nggi yillarda sohada amalga oshirilgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Ushbu islohotlar qonunchilik bazasini takomillashtirish, investitsiya muhitini yaxshilash, shaffoflikni oshirish hamda atrof-muhit va ijtimoiy-ekologik (ESG) standartlarni joriy qilishga qaratilgan. Bu jarayonlar orqali O‘zbekiston qazib olish sanoatidagi xalqaro standartlarga moslikni mustahkamlamoqda va xorijiy investitsiyalar uchun qulay muhit yaratmoqda.

Tashrif dasturi doirasida EITI delegatsiyasi boshqa vazirlik va idoralar bilan ham uchrashuvlar o‘tkazishi, sohadagi hamkorlikni yanada kengaytirishi rejalashtirilgan. Bu esa O‘zbekistonning qazib olish sanoatida shaffoflikni mustahkamlash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadami bo‘lib xizmat qiladi.

N.Ziyodullayeva,

O‘zA