Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyotkorlik va masʼuliyat barqaror kelajak kafili
19:10 / 2020-04-09

Koronavirus pandemiyasi dunyoda eng avj pallasiga koʻtarilmoqda.

Dil izhori 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 8-aprel kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai boʻlgan tomorqachilikni rivojlantirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Koronavirus pandemiyasi dunyoda eng avj pallasiga koʻtarilmoqda. Kechagina Xitoy Xalq Respublikasiga tikilgan nigohlar bugun Yevropa va AQSHga qaratilgan. Kishini oʻylantiradigan jihat shuki, madaniy darajasi, turmush sharoiti nihoyatda yuksak boʻlgan mamlakatlar eng koʻp talafotga uchrayapti. Demak, bu holatdan jiddiy xulosa chiqarishimiz zarur.

Yaratganga shukrki, Oʻzbekiston bu virus oldida esankirab qolmadi, xotirjamlikni saqladi, keraksiz vahimalarga berilmadi. Prezident, hukumat va xalqning birligi aynan shu kunlarda yaqqol namoyon boʻlyapti. Avval boshdanoq Prezidentimiz aytgan, bugun shiorga aylangan “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan fikr oʻzining toʻla amaliy isbotini topdi.

Bir yomonning bir yaxshisi bor, deganidek, bu mushkul sinov xalqimizni tom maʼnoda insoniylik sinoviga duchor qildi. Xalqimizning islomiy eʼtiqodi, milliy-maʼnaviy qadriyatlari, keyingi yillarda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya borasidagi ishlar oʻzining samarasini koʻrsatdi. Xalqimiz faqat dard tufaylimas, balki dunyoqarashi oʻzgargani bois ham hamjihatlikda harakat qilmoqda.

Bu, juda quvonarli hol. Biz bu kasallik chekinib, hayot yana izga tushgach yangi xalq, yangi Oʻzbekiston boʻlib qayta tugʻilamiz, shunda hayotdagi barcha qadriyatlarga munosabatimiz boshqacharoq boʻladi, deb oʻylaymiz.

Iqtisodiyot sohasi, qishloq xoʻjaligida yuz bergan islohotlar ham aynan shu kunlarda samarasini beryapti. Oziq-ovqat taʼminotida biror jiddiy muammo chiqqanini eshitganimiz yoʻq. Aksincha, himmat, saxovat tushunchalari bugun odamlar tilida tadbirkorlarning amaliy ishlarida yaqqol koʻrinyapti. Yana bir quvonchli hol, bu – kitob oʻqishga qaytayotganimiz. Prezidentimiz kitobxonlikni davlat siyosati darajasiga koʻtargandi. Bu ham oʻzining juda yaxshi natijasini namoyon qilyapti. Kattadan kichikkacha kitob hayotda nega kerakligini yana his etyapti.

Uy-joylar obodonligi, kamu koʻstga eʼtibor, oilaviy mehr-oqibat barchasi bugun har bir xonadonning asosiy mashgʻuloti boʻlib qoldi. Mahalla institutining oʻrni ham bugun juda kuchaydi. Yoshu qari, barcha oila, odamlarning hammasi mahalla nazorati va eʼtiborida. Tashqaridan biror begona kuch yo hodisa mahalla ahliga daxl qilolmas darajada mustahkam qoʻrgʻon barpo boʻlyapti. Buni bizning Islomobod mahallasi misolida xam kuzatish mumkin. Xalqning, Prezidentning, hukumatning birligi bizni, albatta, bu murakkab vaziyatdan eng kam talafot bilan olib chiqadi. Bunga barchamizning ishonchimiz komil.

Shu kunlarda butun jahon xalqiga sinov boʻlib turgan koronavirus pandemiyasi barchani birdek ogoh boʻlishga undayapti. Yuzaga kelgan vaziyatdan talafotsiz chiqish oʻzimizning qoʻlimizda. Kelgan tashvishni itoat va sabr bilan bartaraf qilish, osoyishtalik va tartib-intizomni bosh mezon sifatida qabul qilish hozir juda zarur.

Joylarda kam taʼminlangan, ehtiyojmand insonlarga nafaqat moddiy yordam koʻrsatish, ularning ruhiyatini koʻtarish, maʼnaviyatini sogʻlomlashtirish, madad berish uchun qilinayotgan bagʻrikenglik namunalari tahsinga sazovor boʻlmoqda.

Mahalladagi barcha oilalar karantin davrida, oʻz sogʻligʻini saqlash maqsadida uyda qolib, tomorqasida mehnat qilmoqda. Kimdir bepul niqob, yana kimlardir oziq-ovqat tarqatib, yana boshqalar solih duolari ila qoʻllab-quvvatlamoqda.

Serikbay USENOV,
Toshknt shahri Yunusobod tumanidagi
“Islomobod” MFY raisi,
Oʻzbekiston qozoq milliy madaniy markazi raisi.