Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyot bo‘ling: Qamchiq dovonida xavotirli harorat
09:59 / 2021-04-01

Gidrometeorologiya xizmati 1-2 aprelda O‘zbekiston hududiga Qozog‘iston orqali g‘arbiy Sibirning janubiy hududlari ustida shakllangan sovuq havo massalari kirib kelishidan ogohlantirgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1-2 aprelda respublika bo‘yicha havo harorati pasayishi ta’kidlangan. Shuningdek, respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkinligi aytib o‘tilgan.

Xususan, A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovoni qismida kecha kechasidan boshlab vaqti-vaqti bilan qor yog‘di. Ushbu holat ayni paytda ham davom etmoqda. Hozirda dovonda kuchli shamol esmoqda va aksariyat joylarga tuman tushgan. Yo‘llarda ko‘rish 400 metrni, havo harorati 8 daraja sovuqni tashkil qilmoqda.  

Tabiiyki kun sovuq bo‘lib, qor yoqqanda yo‘llar muzlab, yaxmalak hosil bo‘ladi. Bu esa o‘z-o‘zidan avtotransport vositalarining xavfsiz harakatlanishiga salbiy ta’sir etadi. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi "Qamchiqavtoyo‘l" ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi yo‘lsozlari mazkur ko‘ngilsiz holatni bartaraf etish uchun tun bo‘yi mehnat qilmoqda. "Qamchiq" dovoni yo‘llarini qordan tozalash ishlariga korxonaning 117 ta texnika va 340 ga yaqin ishchi-xizmatchi safarbar qilingan. Hozirda avtotransport vositalarining uzluksiz ikki tomonlama beto‘xtov harakatlanishi ta’minlangan.  

"Qamchiqavtoyo‘l" ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi barcha haydovchilardan oraliq masofani saqlab, ob-havo sharoitini inobatga olgan holda harakatlanishlarini so‘raydi.