Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyot bo‘ling: PIROTEXNIKA (+video)
09:11 / 2025-12-17

Bugun poytaxtimiz va barcha hududiy tumanlar markazlarida bayramona Yangi yil archasi va uning atrofida o‘tkazilayotgan turli madaniy tadbirlarga, ayniqsa, bolalarning shodon raqs tushib, she’r, qo‘shiqlar aytayotganiga ko‘zimiz tushib, guvohi bo‘lmoqdamiz.

Mazkur bayram kunlaridan unumli foydalanib, noqonuniy daromad qilmoqchi boʻlgan “ishbilarmon-tadbirkorlar”ning maqsadi oʻz yurtdoshlari, farzandlarimizning salomatligini xavfga qoʻyish hisobiga boylik orttirish, daromad qilish, koʻproq pul ishlab olishdir.

Ayni bayram arafasida koʻcha-koʻy, turar joylar atrofi va boshqa jamoat joylarida “paqildoq”lar quloqni qomatga keltira boshladi. Qonuniy taqiqlarni chetlab oʻtib, bunday matohlarni yashirincha pullayotganlarni jondan aziz farzandlarimiz salomatligi tashvishga solmasligi tabiiy. Pirotexnika vositalarning bexosdan qattiq paqillashi kishilarni choʻchitib, yurak-qon tomir tizimiga oʻta salbiy taʼsir koʻrsatadi. Ushbu holat fojiali oʻlim bilan ham yakun topishi mumkin. Qolaversa, pirotexnika vositalari shovqinidan qattiq qoʻrqish tufayli ruhiy buzilish, surunkali asab va qon-tomir tizimi kasalliklari, qandli diabet, homilaga ziyon yetishi ehtimoli yuqori.

Yaqin masofada pirotexnika paqillashidan inson barotravma va akustik jarohatlar olib, karlik yoki umrbod quloq shangʻillashi (tinnitus) kasalligiga yoʻliqishi mumkin.

Noqonuniy ish bilan shugʻullanayotgan kimsalarga albatta jazo muqarrar. Ammo bolalarni pirotexnika vositalaridan asrash uchun hammamiz birdek masʼulmiz. Ota-onalar oilada ogohlikni oshirishlari, mahallalarda ham bolalarning nima bilan mashgʻul boʻlayotganini kuzatish, noqonuniy savdo qilayotganlar toʻgʻrisida ichki ishlar idoralariga xabar berish har bir fuqaroning burchi ekanligini unutmasligimiz darkor.

Salomatligimiz uchun zararli boʻlgan bunday “xavfli oʻyinchoqlar”ni sotib olmaslik orqali, biz nafaqat oʻzimizni balki atrofimizdagilarni ham ogʻir asoratlardan saqlab qolgan boʻlamiz. Bayram kunlarini yaqinlarimiz davrasida xursandchilik, koʻngil xotirjamligida oʻtkazish barchamizga nasib qilsin!

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5crIovDP6eM" title="Ehtiyot bo`ling: PIROTEXNIKA " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, 
Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA