English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyojmandlarga quvonch ulashib...
18:05 / 2023-05-09

Yurtimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Urush faxriylari, ijtimoiy himoya va yordamga muhtoj yakka yolg‘iz fuqarolarga yordam ko‘rsatilib, o‘tganlar yod etilib, ularning bosib o‘tgan yo‘llari, qilgan ezgu ishlari qadrlanadi.

Sana munosabati bilan Sirdaryo viloyatida ham bir qator tadbirlar amalga oshirildi. "Mahalla" xayriya jamoat fondi va uning tuman, shahar bo‘linmalari tomonidan ijtimoiy himoya va yordamga muhtoj, yakka yolg‘iz fuqarolardan 330 nafariga 562 million 200 ming so‘mlik oziq-ovqat va pul ko‘rinishdagi moddiy yordam berilgan bo‘lsa, ikki nafar fuqaroga fondning viloyat bo‘limi hisobidan pech va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

–1940 yilda Qirg‘iziston Respublikasida tug‘ilganman, –deydi oqoltinlik Qunduz momo Atabekova.–Urushdan so‘ng Sirdaryo viloyati Oqoltin tumaniga kelganman. Umrimning katta qismi, qishloq xo‘jaligi sohasida o‘tdi. Ammo, yolg‘izman. Quvonadigan tomoni, sen qirg‘izsan,  deya meni tashlab qo‘yishmadi. Bayram va tadbirlarda, boshqa vaqtlarda ham sog‘lig‘imdan, turmushimdan hol- ahvol so‘rab, yordam berishadi. Buning uchun avvalo, Prezidentimizga, sirdaryoliklarga katta rahmat. Ular sabab, yolg‘izligimni hech his etmayman.

Fondning Oqoltin tumani bo‘linmasi xodimlari, Prezident tavsiyasi asosida fond huzurida tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan Qunduz momo, u singari boshqa yolg‘iz fuqarolar plastik kartasiga 1 million 200 ming so‘mdan pul mablag‘larini o‘tkazib, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berdi.

– Bunday ezgu ishlar davom etmoqda, –deydi "Mahalla" xayriya jamoat fondi Sirdaryo viloyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Anvar Narzullayev.—Shu kunlarda Sirdaryo bo‘ylab, ijtimoiy himoya va yordamga muhtoj yakka-yolg‘iz kishilar holidan xabar olib,  oziq-ovqat mahsulotlarini, pul  ko‘rinishidagi pul mablag‘larini tarqatyapmiz.  

Muhimi, bu kabi saxovat tadbirlari yuzlab oilalarga quvonch olib kirmoqda.

Sh. Suyarov, O‘zA