Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyojmandlar “xaloskori”
17:35 / 2023-03-05

Prezidentimiz tashabbusi bilan O‘zbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondi, uning hududiy bo‘limlari huzurida tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmandlar uchun chin ma’noda ko‘makchiga aylandi.

Eng asosiysi inson qadri ulug‘langan yurtda jamg‘armani tashkil etilgani ko‘plab muammolarning amaliy yechimi bo‘ldi. Gulistonlik Otabek Rasulov ham bundan bir muddat avval ushbu jamg‘arma hisobidan ajratilgan 20 million so‘m evaziga sog‘ligi bilan bog‘liq muammosidan xalos bo‘ldi.

U koronavirus pandemiyasi davrida ushbu infeksiyasi sabab bir muddat shifoxonada davo muolajalarini oldi. Ammo kutilmaganda tayanch-harakat a’zosi, son suyagi bilan bog‘liq muammo kelib chiqdi. Shifokorlarga murojaat qildi, zarur tibbiy tekshiruvlardan o‘tdi, tayanch-harakat a’zolari shakli va funksiyalari buzilishi, ya’ni yirik bo‘g‘imlar artrozi tashxisi qo‘yildi. Bundan qutilishning birdan bir yo‘li murakkab va yuqori texnologik endoprotezlash amaliyoti. Bu esa katta xarajatni talab etadi. Kutilmagan bu muammo, Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tizimida uzoq yillar davomida ishlagan va nafaqaga chiqqan Otabek Rasulovni o‘ylantirib qo‘ydi.

Yordam so‘rab Guliston shahar hokimligiga, Xalq deputatlari shahar Kengashiga murojaat qildi. Uning, bu murojaati o‘rganilib, ijobiy yechim topdi. Unga "Mahalla" xayriya jamoat fondi Guliston shahar bo‘limi, uning huzurida tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan 20 million so‘m o‘tkazib berildi. Natijada  murakkab va yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.

— "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi jonimga ora kirdi, – deydi Guliston shahri "Yuksalish" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qilayotgan Otabek Rasulov. – Hozir ancha yaxshiman. Biroq, yana bitta muammo borki, o‘ng sonimga endoprotez quyilgan bo‘lsa, chap son suyagimda ham shu turdagi amaliyot o‘tkazishim kerak. Bu ham, xarajat talab etadi. Bu masalada ham fondning, fond huzurida tashkil etilgan jamg‘armaning ko‘magi zarur.  

Ahamiyatli tomoni Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi  ko‘plab kasalmandlarning mushkulini oson qilib, salomatligini tiklashida ko‘maklashmoqda. Jumladan, sirdaryolik 150 nafar fuqaro jamg‘armadan ajratilgan 496 million 614 ming so‘m evaziga yurak qon tomir tizimibilan bog‘liq  dardidan forig‘ bo‘ldi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA