Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyojmandlar uchun iftorlik dasturxoni
09:37 / 2023-03-30

Ramazon oyi nafaqat ibodat, Allohning ajru savoblariga erishish, balki xayru saxovat, insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlovchi muborak oydir.

Prezidentimizning "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida" gi qarori, unda belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida Sirdaryo viloyatidagi 239 ta mahallada "Temir daftar", " Ayollar daftari" da turgan ehtiyojmand aholi vakillari, nogiron, nuroniy, yagona ijtimoiy reyestrida turgan fuqarolar uchun iftorlik dasturxoni yoziladi.  

– Buning uchun davlat byudjetidan 2 milliard 151 million so‘m mablag‘ ajratilgan, – deydi "Mahalla" xayriya jamg‘armasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Anvar Narzullayev. –"Mahalla" xayriya jamg‘armasi Sirdaryo viloyati bo‘limi, uning tuman va shahar bo‘linmalari mahalliy hokimliklar bilan birgalikda ushbu boradagi tadbirlarni tashkil etadi.

Viloyatning Sayxunobod, Guliston, Sardoba tumani hamda Shirin shahridagi 4 ta mahallada tashkil etilgan iftorlik dasturxoniga 195 nafar nuroniy, 48 nafar nogiron, 177 nafar ehtiyojmand, 210 nafar "Temir daftar", 35 nafar "Ayollar daftari", 100 nafar yagona ijtimoiy himoya reyestrida turgan, 75 nafar boshqa toifadagi fuqarolar taklif etilib, ro‘zadorlarga mehr ulashildi.

Eng muhimi, bu ishlarni tashkil etish, iftorlik dasturxonini ko‘ngildagidek tashkil etish uchun hududlarda tuman hokimligi, sektor rahbarlari, nuroniylar, mahalla yig‘inlari mas’ul bo‘lib, ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo‘lgan odamiylik, inson sha’nini ulug‘lash, yaxshilik va mehr-saxovat , tinch va osoyishta hayotni qadrlash, oila va mahallalarda, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash kabi ezgu fazilatlar ularga namoyon etiladi.

Shuhrat Suyarov,

O‘zA