Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyojmand oilalarning isitish mavsumi harajatlari qoplanmoqda
20:26 / 2025-11-22

Surxondaryo viloyatida kuz-qish mavsumida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash ishlari faol amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 2 apreldagi  “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, viloyatda 2025/2026yilgi isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam pullari yetkazib berilmoqda.

Jarayonda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalar, shuningdek, ro‘yxatga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli bo‘yicha kam ta’minlangan, oila a’zolari jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratilmoqda. Viloyat bo‘yicha 130 mingdan ziyod oila ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularga moddiy yordam tayinlash uchun 130 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan.

[gallery-26381]

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan maxsus axborot konvertlari tayyorlanib, ularda yordam puli berish tartibi, energiyani tejash bo‘yicha tavsiyalar hamda qaror asosidagi ma’lumotlar joy olgan. Mahallalarga biriktirilgan ijtimoiy xodimlar ushbu konvertlarni uyma-uy yurib aholiga yetkazib bermoqda.        

Mazkur moddiy yordam pullari aholi uchun qishning sovuq kunlarida isitish xarajatlarini qoplashga mo‘ljallangan.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Fw4jGcYmd2k" title="Ehtiyojmand oilalarning isitish mavsumi harajatlari qoplanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Arizalar qabul qilish jarayoni oktyabr oyida yakunlangan, hozirda esa yordam tayinlangan oilalarga to‘lovlarni yetkazish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA