Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam ko‘rsatilmoqda
11:48 / 2026-03-04

Ramazon oyida Prezidentimiz tashabbusi bilan aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanining Qatag‘on mahallasi misolida bu boradagi ishlar ko‘lamini ko‘rish mumkin. Mahallada jami 110 ta ehtiyojmand oilaga bir martalik moddiy yordam ajratildi. Unga ko‘ra, oilalarga 1 million so‘m va 500 ming so‘m miqdorida pul mablag‘lari berildi.

Jumladan, mahallada yashovchi Norqul To‘xtamishov oila boquvchisi hisoblanadi. Biroq sog‘lig‘idagi muammolar sababli u II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan. Davlat tomonidan ko‘rsatilgan moddiy yordam mazkur oilaga ham yetkazildi.

Fuqaro bildirishicha, ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik Ramazon oyida aholi uchun katta ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘lmoqda.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri